🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish – deputat nazoratida
🔹Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati B. Yusupov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamkorligida “Namgoni” mahallasida hududlardan maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi.
🔹O‘zbekiston Respublikasining 05.04.2002 yildagi “Chiqindilar to‘g‘risida”gi 362-II-sonli Qonuni ijrosi aholi o‘rtasida targ‘ib qilindi.
🔹O‘rganish davomida chiqindilarni yig‘ish va belgilangan muddatlarda olib chiqish, hududlarning sanitariya-obodonlashtirish holati hamda mavjud muammolar ko‘zdan kechirildi.
🔹Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududlarda tozalik va sanitariya holatini yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
🔹Tozalik va obodonlashtirish — barchamizning umumiy vazifamiz!