🔰Xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi — deputat e’tiborida
🔹Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda muammolarini o‘z vaqtida hal etish mahallalarda olib borilayotgan ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir.
🔹Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati Q. Safarov tomonidan “Darveshi” mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlar bilan ishlash, ularning murojaat va muammolarini aniqlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ishsiz ayollarni bandlikka jalb etish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasidagi faoliyatga e’tibor qaratildi.
🔹Shuningdek, xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijalari, muammolarni manzilli hal etish va ayollarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi.
🔹Deputat tomonidan aniqlangan masalalarni bartaraf etish, xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish hamda har bir murojaatga manzilli yondashish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.
🔹Mahallalarda xotin-qizlar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘rganishlar davom etmoqda.
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt