#deputat_faoliyati
🔽Navgadi mahallasida obodonlashtirish va chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi
✔️Hududlarda obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish hamda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish masalalari deputatlik nazoratida.
✔️Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati L. Ergasheva, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati Z. Shomurodova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamkorligida “Navgadi” mahallasida hududni obodonlashtirish va chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi.
✔️O‘rganish davomida mahalla hududining sanitariya holati, ko‘cha va jamoat joylarining tozaligi, chiqindilarni yig‘ish hamda belgilangan muddatlarda olib chiqish ishlari ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududda tozalik va obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
✔️Shuningdek, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish tizimini samarali yo‘lga qo‘yish, aholining ekologik madaniyatini oshirish va mahallada tozalikni ta’minlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.
👉Hudud obodligi va tozaligi — aholi uchun qulay va farovon muhit yaratishning muhim omilidir.
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt