🔰#munosabat
Yoshlar g‘oyasi — kelajak taraqqiyotining muhim omili
Prezidentimizning yosh startapchilar bilan uchrashuvi mamlakatimizda yoshlarning innovatsion g‘oyalari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganining amaliy ifodasidir.
Bugun yoshlar tomonidan ilgari surilayotgan startaplar, raqamli texnologiyalar va zamonaviy ishlanmalar nafaqat yangi ish o‘rinlari yaratish, balki iqtisodiyotning turli tarmoqlarini rivojlantirish uchun ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Deputat sifatida yoshlarning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda tashabbuslarini amaliy natijaga aylantirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni muhim qadam, deb hisoblayman. Yosh startapchilarning har bir yangi g‘oyasi — yurtimizning texnologik va iqtisodiy taraqqiyotiga qo‘shiladigan munosib hissadir.
Xushnud Xodjayev,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt