Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 28-30 sentabr hamda 2-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish – deputat nazoratida
янв.21
🔰Kasanachilikni rivojlantirish – yangi imkoniyatlar
янв.21
🔰Xotin-qizlar bandligi ta’minlandi – deputat tashabbusi amalda
янв.21
🔰Imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish o‘rganildi
янв.21
🔽Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
🔰“Namgoni” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish masalalari o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot
янв.21
🔽Paxta hosilini o‘z vaqtida yig‘ib olish – muhim vazifa
BOLALAR XAVFSIZLIGI VA MAKTABGACHA TA’LIM SIFATI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, Xalq demokratik partiyasi a’zosi Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi hamda bolalar xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, muassasaning moddiy-texnik bazasi, bino va inshootlarning texnik holati, tarbiyalanuvchilarni sifatli va xavfsiz oziq-ovqat bilan ta’minlash, ichimlik suvi sifati hamda ovqatlantirish jarayonining sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tashqi hududi va unga tutash yo‘l infratuzilmasi ham ko‘zdan kechirildi. Jumladan, muassasa hududida bolalar o‘yingohi mavjud emasligi, hovli hududini asfaltlashtirish zarurligi, shuningdek, tashkilot darvozasi oldida bolalar xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi “Diqqat, bolalar!”, tegishli yo‘l belgilarining hamda piyodalar o‘tish joyi (yo‘l chizig‘i) mavjud emasligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan bolalar xavfsizligini ta’minlash, muassasa oldidagi yo‘l harakati xavfsizligini yaxshilash, piyodalar o‘tish joyini tashkil etish, tegishli ogohlantiruvchi yo‘l belgilarini o‘rnatish, bolalar o‘yingohini barpo etish hamda hovli hududini asfaltlashtirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Bolalar salomatligi, xavfsizligi va farovonligini ta’minlash — doimiy e’tibor va mas’uliyatni talab etuvchi muhim vazifadir.

Slide 1 of 10