Ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar e’tiborda
🔹Aholi salomatligini muhofaza qilish, ayniqsa, yakkayu yolg‘iz va ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
🔹Shu maqsadda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati N. Fatullayeva hamda tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Y. Olimov hamkorligida “Zarafshon” mahallasida istiqomat qiluvchi yakkayu yolg‘iz va ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar holidan xabar olindi.
🔹Tashrif davomida fuqarolarning salomatlik holati o‘rganilib, ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Zarur holatlarda davolanish va sog‘lomlashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🔹Shuningdek, fuqarolarning mavjud muammolari tinglanib, ularga tibbiy yordamni o‘z vaqtida tashkil etish, salomatligini muntazam nazorat qilib borish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔹Bunday amaliy ishlar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatligini muhofaza qilish va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.