Mahalla ettiligi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi kotibiyati mudiri M. Tangriberganov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi, deputat A. Erkinovlar “Do'stlik” mahallasida bo‘lib, mahallada xalq hokimiyati va parlament nazoratini amalda ta’minlash, shuningdek, “mahalla yettiligi” faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi ishlarni atroflicha o‘rgandilar.
Muloqot va o‘rganishlar davomida mahallada ijtimoiy himoya siyosatini tizimli amalga oshirish, ehtiyojmand oilalar bilan ishlash va manzilli ko‘mak ko‘rsatish yo‘nalishida mahalla ijtimoiy xodimi N. Qadamovning amalga oshirgan ishlari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalari yuzasidan axboroti tinglandi.