35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

🔰Paxlavon mahallasida kasanachilik imkoniyatlari o‘rganildi

🔰Paxlavon mahallasida kasanachilik imkoniyatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati M.Hidirova tomonidan Paxlavon mahallasida kasanachilikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda oilaviy daromadlarni oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
➡️O‘rganish davomida imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan xarid qilingan tikuv mashinalaridan samarali foydalanish holatiga alohida e’tibor qaratildi. Kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarning faoliyati, yaratilgan sharoitlar va mavjud muammolar o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.
➡️Deputat tomonidan kasanachilikni yanada rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish va aholini daromadli mehnatga keng jalb etish muhimligi ta’kidlandi.
➡️Maqsad — aholi bandligini ta’minlash, oilaviy daromadlarni oshirish va mahallada kasanachilik salohiyatidan samarali foydalanish.

Slide 1 of 3