Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
MAKTAB BITIRUVCHISINING KELAJAGI — E’TIBOR MARKAZIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov hamda tuman Moliya va iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari B. Normatov tomonidan Havotog‘ QFYda 11-sinf bitiruvchisi L.Obloqulova Xayrullayev bilan uning ish yoki o‘qishga joylashishi masalasi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Muloqot davomida bitiruvchining kelgusidagi rejalari, ta’lim olish yoki mehnat faoliyatini boshlash istagi, mavjud imkoniyatlari hamda qiziqishlari yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

Jumladan, oliy yoki professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish, mavjud ta’lim yo‘nalishlaridan foydalanish, shuningdek, ish bilan ta’minlanish va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lish imkoniyatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, bitiruvchiga o‘z qiziqishi va salohiyatidan kelib chiqib, kasb-hunar egallash, mehnat bozoridagi mavjud imkoniyatlardan foydalanish hamda kelgusida mustaqil faoliyat olib borish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Asosiy e’tibor — yoshni ishsiz qoldirmaslik, uni ta’lim yoki bandlik bilan qamrab olish va kelajak uchun aniq yo‘nalish belgilashga qaratildi.

Mazkur masala yuzasidan tegishli mas’ullar bilan hamkorlikni davom ettirish, bitiruvchining o‘qish yoki ishga joylashish jarayonini kuzatib borish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2