35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi – deputat nazoratida
янв.21
Ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar e’tiborda
янв.21
Navgadi mahallasida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganildi
янв.21
🔰Ko‘p qavatli uylar atrofidagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🔰Bolalar salomatligi – doimiy e’tiborda
янв.21
🔰Xalqaro ta’lim dasturi doirasidagi faoliyat o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 21-25 sentabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
Mikroloyihalar ijrosi – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar infratuzilmasi – deputatlar e’tiborida
IPAKCHI MAHALLASIDAGI MUAMMO DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI


Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova hamda 2-Saxovat saylov okrugi deputati S.Azizov tomonidan mazkur saylov okrugi hududidagi Ipakchi mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida hududdagi ijtimoiy infratuzilma obyektlarining holati, mavjud muammolar hamda aholining murojaatlari bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida Ipakchi mahalla fuqarolar yig‘ini Bog‘chasaroy ko‘chasidagi umumiy foydalanishdagi ikki qavatli uyda istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun muhim bo‘lgan masala yuzasidan kamchiliklar aniqlandi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 8-iyundagi VII-27-42-11-168-K/26-son qaroriga muvofiq, mazkur hududdagi umumiy hojatxonani ta’mirlash uchun “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 120 million so‘m ajratilgan.

Biroq joyiga chiqib o‘rganish jarayonida ta’mirlash ishlari belgilangan muddatda amalga oshirilmagani ma’lum bo‘ldi. Qurilish-ta’mirlash ishlari 2026-yil iyul oyida bajarilishi rejalashtirilgan bo‘lsa-da, belgilangan muddat o‘tganiga qaramay, ishlar yakunlanmagan. Hatto o‘rganish kuni obyekt hududida qurilish ishlarini olib borayotgan ishchilar ham kuzatilmadi.

Mazkur holat, avvalo, aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir qiluvchi muammoni o‘z vaqtida hal etish, shuningdek, ajratilgan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish masalasiga jiddiy yondashish zarurligini ko‘rsatmoqda.

Deputatlik nazorati doirasida ko‘chaboshilar va fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi. Aholi uchun oddiydek ko‘ringan, biroq kundalik hayotda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu masalaning nega belgilangan muddatda hal etilmagani yuzasidan mas’ullardan aniq tushuntirish talab qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ul tashkilotlar oldiga ta’mirlash ishlarini zudlik bilan boshlash, ajratilgan 120 million so‘m mablag‘dan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek, ishlarni belgilangan talablar asosida sifatli yakunlash yuzasidan tegishli vazifalar qo‘yildi.

Mazkur masala deputatlik nazoratida qoladi. Ta’mirlash ishlarining borishi, bajarilish sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan monitoring ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 5