Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🔰XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🔰Mikroloyihalar va imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH — DEPUTATLIK NAZORATI E’TIBORIDA
янв.21
MUROJAATLAR IJOBIY HAL ETILISHI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🔰KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🔰PO‘LOTI MAHALLASIDA ICHKI YO‘LLARNI ASFALTLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BARQAROR BANDLIK VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH — DEPUTATLIK NAZORATI MARKAZIDA
янв.21
Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi – deputat nazoratida
янв.21
Ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar e’tiborda
янв.21
Navgadi mahallasida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganildi
666-SON QAROR IJROSI: DEPUTATLIK NAZORATI KUCHAYTIRILMOQDA

 666-SON QAROR IJROSI: DEPUTATLIK NAZORATI KUCHAYTIRILMOQDA

📌 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi 666-son “Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi tumanda deputatlik nazorati tartibida o‘rganilmoqda.

📝 Qaror ijrosini samarali tashkil etish, tumandagi foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash, ularning mavjud holatini o‘rganish hamda iqtisodiy faoliyatga jalb etish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi.

📋 Shuningdek, belgilangan vazifalarni amalga oshirish, aniqlangan muammolarni tizimli ravishda o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli qaror ishlab chiqildi.
🔍 Ishchi guruh tomonidan:
▪️ foydalanilmayotgan va bo‘sh turgan ishlab chiqarish obyektlari aniqlanadi;
▪️ ularning texnik va huquqiy holati o‘rganiladi;
▪️ faoliyat yuritishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar tahlil qilinadi;
▪️ obyektlarni iqtisodiy faoliyatga qaytarish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi;
▪️ investitsiya jalb etish va yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari baholanadi;
▪️ aniqlangan muammolar bo‘yicha mas’ullar va ijro muddatlari belgilanadi.

📊 O‘rganish yakunlari asosida har bir obyekt bo‘yicha “muammo — mas’ul — yechim — muddat — natija” tamoyili asosida aniq choralar ko‘rilishi nazoratga olinadi.

🤝 Bo‘sh turgan ishlab chiqarish maydoni — foydalanilmayotgan imkoniyatdir. Uni iqtisodiy faoliyatga jalb etish esa yangi loyihalar, investitsiyalar va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi.

📌 Deputatlik nazoratining maqsadi — muammoni aniqlash bilangina cheklanmay, uning amaliy yechimini ta’minlashdir.