Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 28-30 sentabr hamda 2-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish – deputat nazoratida
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot
янв.21
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik aloqalarining izchil rivojlanayotgani mamlakatimiz taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega.
янв.21
🔰Imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish o‘rganildi
янв.21
🔰“Namgoni” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish masalalari o‘rganildi
янв.21
🔰Xotin-qizlar bandligi ta’minlandi – deputat tashabbusi amalda
янв.21
🔽Paxta hosilini o‘z vaqtida yig‘ib olish – muhim vazifa
янв.21
🔽Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
media_reja_ijrosi

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#19_1_modda
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#deputat_faoliyati
#media_reja_ijrosi
#24_ta_masala

🌳 Bandixon tuman markazida 7 gektarlik zamonaviy istirohat bog‘i barpo etilmoqda — Jarayon deputatlik nazoratida!

Tumanimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadigan, aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun barcha sharoitlarni o‘zida mujassam etgan yirik loyiha — Yangi istirohat bog‘i qurilishi jadal davom etmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 1-Bandixon saylov okrugi deputati X.Abdimo‘minov, tuman hokimining o‘rinbosari A.Doniyorov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov mazkur ob’ektda bo‘lib, qurilish ishlarining borishi va loyiha hujjatlariga muvofiqligini yaqindan o‘rgandilar.

✅Umumiy maydon: Tuman hokimligi zaxirasidagi 7 gektar kenglikdagi hudud;

✅Infratuzilma tizimi: Bog‘ hududida 500 kub metrlik ichimlik suv to‘plash inshoti, zamonaviy suv tarmog‘i, chiqindi suvlarini saqlash inshoti qurilmoqda;

✅ Energiya ta’minoti: Loyiha doirasida yangi transformator o‘rnatilib, elektr tarmoqlari to‘liq tortiladi;

✅ Qulayliklar: Zamonaviy piyodalar yo‘laklari, dam olish o‘rindiqlari, chiqindi qutilari hamda hududni yoritish uchun zamonaviy tungi chiroqlar o‘rnatiladi;

✅ Yashil hudud: Daraxt va gullarni sug‘orish uchun alohida tarmoqlar barpo etilmoqda.

✅Loyihaga ko‘ra, tuman markazidagi 7 gektar maydonda barcha zamonaviy talablarga javob beradigan dam olish maskani barpo etilmoqda. O‘rganish davomida ob’ektning qurilish pasportiga muvofiq, ichimlik suvi tarmoqlari, transformator o‘rnatish, irrigatsiya va sug‘orish tizimlari hamda piyodalar yo‘laklarini barpo etish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

✅O‘rganish davomida deputat X. Abdimo‘minov tomonidan loyihaning o‘z vaqtida va sifatli yakunlanishi, ayniqsa, piyodalar yo‘laklari va sug‘orish tizimining belgilangan chizmalar asosida qurilishiga alohida e’tibor qaratildi.

🏗 Loyiha yakuni: Qurilish ishlarini 2026-yil 3-dekabrga qadar to‘liq yakunlash va tuman ahli ixtiyoriga topshirish rejalashtirilgan.

✅Deputat tomonidan pudratchi tashkilot mas’ullariga qurilish ishlarini sifatli va tasdiqlangan grafik asosida, joriy yilning dekabr oyiga qadar yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Loyiha ijrosi tuman Kengashi va deputatlik nazoratiga olingan.

Slide 1 of 8