Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
MAHALLALAR OBODLIGI — AHOLI UCHUN QULAY VA XAVFSIZ MUHIT

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️MAHALLALAR OBODLIGI — AHOLI UCHUN QULAY VA XAVFSIZ MUHIT

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matibayev “Banokatiy” mahallasida bo‘lib, hududdagi obodonlashtirish ishlari, piyodalar uchun yaratilgan sharoitlar hamda aholini qiynab kelayotgan masalalarni bevosita joyiga chiqib o‘rgandi.

🔺 O‘rganish davomida mahalla aholisi tomonidan Banokatiy ko‘chasidagi 190, 192 va 194-sonli ikki qavatli uylar oldidagi piyodalar yo‘laklarining holati yuzasidan murojaatlar bildirildi. Mazkur hududlarda beton qoplamalar yorilib, ayrim joylarda toshlar chiqib qolgani aniqlandi.

🔺 Mavjud holat, ayniqsa, bolalar aravachasida harakatlanayotgan ota-onalar, keksa yoshdagi fuqarolar va bolalarning xavfsiz yurishiga jiddiy noqulaylik tug‘dirayotgani qayd etildi. Shu bois piyodalar yo‘laklarini tartibga keltirish va aholi uchun xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.

🗑 Shuningdek, “Banokatiy” mahallasida maishiy va qattiq chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish bilan bog‘liq uzilishlar mavjudligi o‘rganildi. Hududning sanitariya holatini yaxshilash, chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqish va mahalla ozodaligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish zarurligi belgilandi.

🔎 Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlari, jumladan, mahalla ichki yo‘llari va piyodalar infratuzilmasi holatini o‘rganish, hududlarni obodonlashtirish hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish bilan bevosita bog‘liq.

📁 Toshpo‘lat Matibayev fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan masalalarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish, ularning sabablarini aniqlash va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor vazifalaridan biri ekanini qayd etdi.

✅ “Banokatiy” mahallasida aniqlangan piyodalar yo‘laklarini ta’mirlash hamda maishiy va qattiq chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish bilan bog‘liq masalalar ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

🤝 Mahalla obodligi, avvalo, aholining kundalik hayoti uchun qulay, ozoda va xavfsiz muhit yaratishdan boshlanadi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6