Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev hamda bosh mutaxassis U.Kenjayev tomonidan Ochiq byudjet tashabbusining birinchi mavsumida g‘olib bo‘la olmagan, biroq g‘olib loyihalardan keyingi o‘rinlarni egallagan loyihalar qatoridan xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tashabbusi bilan qo‘llab-quvvatlangan Saxovat mahallasidagi 14-sonli umumta’lim maktabi hududida joylashgan sun’iy futbol maydonini ta’mirlash ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida ta’mirlash ishlari yakunlangan bo‘lsa-da, obyektni ko‘zdan kechirish jarayonida ayrim kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Jumladan, sun’iy qoplamaning ayrim joylari talab darajasida yelimlanmaganligi hamda loyiha-smeta hujjatlarida ko‘zda tutilgan tungi yoritish chiroqlarining yetarli darajada yoritmayotgani qayd etildi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul mutasaddilar bilan tegishli muloqot o‘tkazilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 4