Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
SIFATLI TIBBIY XIZMAT DEPUTATLIK NAZORATIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi X.Abdurahmonov tomonidan Marg‘ilon shahridagi 2-sonli oilaviy poliklinikada o‘tkazildi. Unda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi, doimiykomissiyaa’zosi N.Akbarova ham ishtirok etdi.

O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoit va qulayliklarni o‘rganish, shuningdek, korrupsiyaning oldini olish hamda unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdan iborat bo‘ldi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi O‘RQ–419-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablari ijrosi ham o‘rganildi. Jumladan, tibbiy xizmat ko‘rsatishda qonuniylik, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish davomida tibbiyot muassasasining moddiy-texnik holati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, xizmat ko‘rsatish jarayonlari hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash holatiga e’tibor qaratildi. Aholiga tibbiy xizmatlarni imkon qadar qulay, tezkor va sifatli ko‘rsatish, bemorlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash muhim vazifa ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, poliklinikada korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, tibbiy xizmat ko‘rsatishda shaffoflik va qonuniylikni ta’minlash, xodimlarning korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirish borasidagi ishlar ham o‘rganildi.

Deputat tomonidan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va aholiga yaratilgan shart-sharoitlarni takomillashtirish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.

Bunday deputatlik o‘rganishlari aholining kundalik hayotiga bevosita daxldor masalalarni joyida aniqlash, mavjud muammolarga amaliy yechim topish va davlat xizmatlarining sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 7