Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#162_ta_qonun
“O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI IJROSI DEPUTATLAR NAZORATIDA


Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi deputatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor maqsad va vazifalarning tumanda o‘z vaqtida, sifatli va samarali amalga oshirilishi ustidan tizimli deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Deputatlar tomonidan strategiya doirasida hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash, infratuzilmani rivojlantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda qonun ustuvorligini mustahkamlashga qaratilgan ishlarning borishi muntazam o‘rganib borilmoqda.

Nazorat tadbirlari davomida joylarda amalga oshirilayotgan loyihalar, davlat dasturlari ijrosi, budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi, fuqarolar murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi hamda aholini qiynayotgan dolzarb muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas'ul tashkilotlar faoliyati tahlil qilinmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqilib, ularning ijrosi doimiy nazoratga olinmoqda. Ochiqlik, hisobdorlik, samaradorlik va hamkorlik tamoyillari asosida amalga oshirilayotgan deputatlik nazoratiga olingan

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsadlarga erishish, hududni izchil rivojlantirish, aholining turmush sifatini yuksaltirish hamda fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1