35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

#munosabat

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston taraqqiyotining kelgusi o‘n yilligini «milliy yuksalish davri» sifatida belgilash tashabbusi yurtimizning uzoq muddatli taraqqiyot maqsadlarini aniq va izchil belgilab beradi.
🌏Ayniqsa, inson qadri, ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot, ekologiya, sud mustaqilligi va mahalla rivojiga qaratilgan 7 ta milliy dasturning amalga oshirilishi jamiyat hayotining barcha sohalarida ijobiy o‘zgarishlarni ta’minlashga xizmat qiladi.
🌏Deputat sifatida ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlayman. Zero, haqiqiy taraqqiyot, avvalo, insonning munosib hayot kechirishi, sifatli ta’lim va tibbiy xizmatdan foydalanishi, farovon daromad topishi hamda huquq va manfaatlari ishonchli himoya qilinishi bilan belgilanadi.
🌏Ayniqsa, mahallalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilishi biz, xalq vakillari uchun ham katta mas’uliyat yuklaydi. Har bir mahallada aholi muammolarini o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va belgilangan dasturlarning joylarda samarali ijrosini nazorat qilish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi.
🌏Ishonamanki, belgilangan 7 ta milliy dasturning izchil amalga oshirilishi natijasida O‘zbekiston yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilib, kelgusi o‘n yillik xalqimiz uchun farovonlik, imkoniyat va yuksalish davriga aylanadi.

I.Xolov, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati