Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O‘zMTDP partiyasidan 5-Paxtaobod saylov okrugidan saylangan deputat S.Axmedova tomonidan Kengashning ish rejasiga muvofiq, Paxtaobod MFY Yoshlik ko'chasida joylashgan ko‘p qavatli uy-joylarning ichki yo‘laklari (pod’ezdlari) holati o‘rganildi.
🔍 O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylar hududining sanitariya-gigiyena talablariga qay darajada javob berishi, ichki yo‘lak, texnik holati, obodonlashtirish darajasi hamda aholi, ayniqsa, bolalar uchun xavfsiz sharoitlarning yaratilganligi ko‘zdan kechirildi.
🏢 Ichki yo‘laklar holati bo‘yicha mavjud kamchiliklarga e’tibor qaratilib, ularni bartaraf etish, hududlarni muntazam tozalash va sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha ham o'rganildi.
📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish, ko‘p qavatli uylar atrofini obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda fuqarolar uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.