35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

“Mustaqillik” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

#Kunlik_ish_reja #deputat_okrugida
#mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik

“Mustaqillik” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 22-Gulzor saylov okrugidan saylangan deputat E.Hamroyev o‘zi saylangan saylov okrugi hududidagi “Mustaqillik” mahallasida mahalla raisi hamda “mahalla yettiligi” vakillari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish davomida “mahalla yettiligi” a’zolarining aholi bilan ishlash, hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish, shuningdek, mahallani rivojlantirishga qaratilgan ishlar yuzasidan hisobotlari tinglandi.

Shuningdek, aholi murojaatlari va hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, aniqlangan masalalar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda kelgusida amalga oshiriladigan ishlarni rejalashtirish yuzasidan fikr almashildi. Qarorda mahalliy Kengash deputatlarining “mahalla yettiligi” bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish, aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlash nazarda tutilgan.

O‘rganish yakunida “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholanib, KQ-35-V-sonli qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan ishlar rejalashtirib olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2