35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

📌 KO‘CHAMA-KO‘CHA — MUAMMOLAR YECHIM SARI!

“Ko‘chama-ko‘cha” tashabbusi doirasida Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati Nafosat Allaberganova tomonidan Saxovat mahallasi Shijoat ko‘chasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi muammolar o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan yo‘l bilan bog‘liq muammo mas’ul tashkilotlar — tuman Uy-joy kommunal va qurilish bo‘limi, Obodonlashtirish boshqarmasi, Kadastr agentligi tuman bo‘limi hamda Kengash Kotibiyati xodimlari ishtirokida joyida ko‘rib chiqildi.

Natijada aniqlangan muammoni ijobiy hal etishga erishildi. Bu esa “Ko‘chama-ko‘cha” tashabbusining aholi muammolarini joyida aniqlash va amaliy yechim topishdagi ahamiyatini ko‘rsatmoqda.

Slide 1 of 1