35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Madaniyat maskanlari faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov tashabbuskorligida O‘zbekiston Respublikasining 20.01.2021 yildagi “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-668-sonli Qonuni ijrosini tumanda ta’minlash maqsadida “Zarafshon” mahallasi hududidagi madaniyat muassasalari, muzeylar hamda kutubxonalarning bugungi holati o‘rganildi.
♻️O‘rganish davomida mazkur madaniyat maskanlarining moddiy-texnik holati, aholi, ayniqsa yoshlarning madaniy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etilishi, kitobxonlik muhitini shakllantirish, muzey va kutubxonalar faoliyatini yanada jonlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi.
♻️Shuningdek, muassasalarda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Aholiga sifatli madaniy xizmat ko‘rsatish, yoshlarni milliy qadriyatlarimiz, tarix va kitob mutolaasiga keng jalb etish muhim vazifalardan ekani ta’kidlandi.
♻️Deputatlik nazorati doirasida o‘tkazilgan mazkur o‘rganish madaniyat va ma’rifat maskanlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning aholi hayotidagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4