35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI! ✅

📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Dosova Gulxumar Quranbayevna tomonidan “Asavey” mahallasidagi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
🛣 SO‘ROV MAZMUNI:
“Asavey” mahallasidagi “Guliston” va “9-May”, shuningdek “Guliston” va “Ma’naviyat” ko‘chalari kesishmalarida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda tegishli yo‘l belgilarini o‘rnatish masalasi ko‘tarildi.
📄 NATIJA:
✅ Mas’ul tashkilot tomonidan murojaat o‘rganildi.
✅ Tegishli yo‘l belgilari 2 kun ichida o‘rnatilishi ta’minlandi.
✅ Ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi nazoratga olindi.
🤝 DEPUTAT VA XALQ — BIR MAQSADDA!
🛡 Xavfsiz yo‘llar — aholi osoyishtaligi va farovonligining muhim omili!
📌 Deputatlik so‘rovi — muammoga e’tibor, natijaga amaliy yechim!