📌Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Alisher Sharipov "Qalqon" mahallasida yashovchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazib, mahalladagi mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
❗️Uchrashuv davomida 7 qavatli 22–32-sonli ko‘p qavatli uylar old qismi, 5 qavatli 46–66-sonli ko‘p qavatli uylar old qismi, shuningdek 13A, 15A va 71-sonli ko‘p qavatli uylar old hududida asfalt qoplamasi mavjud emasligi aholi tomonidan ko‘tarildi.
✅Deputat mazkur muammoni atroflicha o‘rganib, uni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik nazorati doirasida murojaat kiritish hamda masalaning ijrosini nazoratga olishini ma’lum qildi.
🤝 Aholi bilan doimiy muloqot va joylardagi muammolarni o‘rganish ularning hayot sifati va yashash sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi.