📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining 24-Uysozlar saylov okrugi deputati Ibrohim Rasulovga fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaat yuzasidan Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Bekzodbek Akbarov "O‘rta Masjid" mahallasida bo‘ldi.
🤝 O‘rganish jarayonida "O‘rta Masjid" mahalla raisi, boshqaruv servis kompaniyasi rahbari hamda 212-sonli umumta’lim maktabi direktori ishtirok etib, hududdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.
📝 Murojaatda qayd etilgan masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganilib, "Obod mahalla" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.
✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli ma'lumotlar rasmiylashtirilib, deputat Ibrohim Rasulovga axborot kiritish uchun tayyorlandi.