Жаңалықлар

Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 19-Xumin saylov okrugidan saylangan deputat N.Fatullayeva saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
🔹Uchrashuv davomida aholini qiynayotgan dolzarb masalalar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kommunal xizmatlar sifati hamda obodonlashtirish ishlari yuzasidan fikr va takliflar tinglandi. Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilanib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish ta’kidlandi.
🔹Bunday ochiq muloqotlar aholi bilan samarali hamkorlikni mustahkamlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish hamda deputatlik faoliyatining ochiqligi va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 2