Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Sport infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan deputat so‘rovi yuboriladi
янв.21
Qonuniylikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ko‘tarilgan muammo amaliy hamkorlik asosida bartaraf etildi
янв.21
YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Sessiyaga kiritiladigan masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda.
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylarda elektr ta’minoti muammolari o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish masalalari o‘rganildi
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

Ta’lim tizimining samaradorligi, avvalo, pedagoglarning bilim va salohiyati, kasbiy mahorati hamda jamiyatdagi nufuziga bog‘liq. Shu bois, pedagoglarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning kasbiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda maqomini mustahkamlash maqsadida “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan.

Mazkur Qonun pedagoglarning huquqiy maqomini, kasbiy faoliyatining asosiy prinsiplari, huquq va majburiyatlarini, ijtimoiy kafolatlarini hamda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini belgilaydi.

Qonunning asosiy maqsadi pedagog kasbining nufuzini oshirish, ta’lim sifati va samaradorligini yuksaltirish, pedagoglarning kasbiy faoliyati uchun munosib shart-sharoitlar yaratish hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishdan iborat.

Qonunga muvofiq, pedagoglar quyidagi asosiy huquqlarga ega:

Kasbiy faoliyatni erkin amalga oshirish;
O‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sining himoya qilinishini talab qilish;
Malaka oshirish va kasbiy rivojlanish;
Zamonaviy o‘quv-metodik hamda axborot resurslaridan foydalanish;
Mehnatiga munosib haq olish va ijtimoiy kafolatlardan foydalanish;
Ta’lim jarayonini tashkil etishda mustaqil pedagogik yondashuvlarni qo‘llash;
Davlat tomonidan belgilangan rag‘batlantirish choralaridan foydalanish.

Shu bilan birga, pedagoglar zimmasiga ta’lim oluvchilarga sifatli ta’lim va tarbiya berish, ularning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, kasb etikasi talablariga rioya etish, o‘z kasbiy malakasini muntazam oshirib borish hamda ta’lim sohasidagi qonunchilik talablariga amal qilish majburiyatlari yuklatilgan.

Qonunda pedagoglarning kasbiy faoliyatiga noqonuniy aralashuvga, ularni o‘z vazifalariga taalluqli bo‘lmagan ishlarga jalb etishga, sha’ni va qadr-qimmatini kamsitishga hamda ularga nisbatan bosim o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmasligi alohida belgilangan.

Qonunning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

Qonuniylik;
Pedagogning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish;
Pedagog kasbining nufuzini ta’minlash;
Kasbiy erkinlik;
Adolatlilik va tenglik;
Ochiqlik va shaffoflik;
Pedagoglarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash.

Eslatma: Pedagog — ta’lim va tarbiya jarayonini amalga oshiruvchi, tegishli malakaga ega bo‘lgan hamda ta’lim tashkilotida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxsdir.

Mazkur Qonun pedagoglarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, ularning jamiyatdagi nufuzini yuksaltirish, ta’lim sifatini oshirish hamda Yangi O‘zbekistonda zamonaviy va raqobatbardosh ta’lim tizimini rivojlantirishning muhim huquqiy asoslaridan biri hisoblanadi.