Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Sport infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan deputat so‘rovi yuboriladi
янв.21
Qonuniylikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ko‘tarilgan muammo amaliy hamkorlik asosida bartaraf etildi
янв.21
YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Sessiyaga kiritiladigan masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda.
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylarda elektr ta’minoti muammolari o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish masalalari o‘rganildi
Sessiyaga kiritiladigan masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda.

️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi H.Karaeva hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov tomonidan joriy oyda sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar belgilangan tartibda joyiga chiqib o‘rganildi.
✔️Jumladan, Yoshlar ishlari tuman bo‘limi tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida yoshlar muammolarini o‘rganish, ularni hal etishga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatini ro‘yobga chiqarish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Shu asosda sessiyada ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan Yoshlar ishlari tuman bo‘limi boshlig‘i L.Ro‘ziyevning hisoboti yuzasidan olib borilgan ishlar joyida o‘rganilib, mavjud holat va natijalar bilan tanishildi.
✔️O‘rganish davomida yoshlar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqildi.
✔️Mazkur o‘rganishlar sessiyada muhokama etiladigan masalalarning har tomonlama puxta tayyorlanishi hamda qabul qilinadigan qarorlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5