Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati M.Yarashev tomonidan o‘ziga biriktirilgan Tuproqqal’a tuman suv ta'minoti MCHJ filiali faoliyati o‘rganildi.
📋 O‘rganish davomida korxona zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi, aholini sifatli ichimlik suvi bilan uzluksiz ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularning kelib chiqish sabablari atroflicha tahlil qilindi.
🤝 Shuningdek, korxona mas'ullari bilan muloqot davomida mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish hamda idoralararo hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
📝 O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalarning sifatli ijrosini ta'minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
✅ Mazkur o‘rganish deputatlik nazorati doirasida biriktirilgan tashkilot faoliyatini takomillashtirish, aholini sifatli kommunal xizmatlar bilan ta'minlash hamda mutasaddi tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.