Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Sport infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan deputat so‘rovi yuboriladi
янв.21
Qonuniylikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ko‘tarilgan muammo amaliy hamkorlik asosida bartaraf etildi
янв.21
YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Sessiyaga kiritiladigan masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda.
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylarda elektr ta’minoti muammolari o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish masalalari o‘rganildi
Haftalik ish rejani ijrosi #162_Qonun #Deputat_faoliyati Deputatlik nazorati amalda
Haftalik ish rejani ijrosi
#162_Qonun
#Deputat_faoliyati
Deputatlik nazorati amalda


Xalq deputatlari tuman Kengashining 14-Navro‘z saylov okrugidan saylangan deputati S.Avazov o‘ziga biriktirilgan ATB “Agrobank” filialida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrdagi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”giO‘RQ-580-sonli Qonuni ijrosini o‘rgandi.
O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — bank tizimida qonunchilik talablarining amaldagi ijrosini tahlil qilish, aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarining sifati, ochiqligi hamda shaffofligini baholash, shuningdek, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
O‘rganish jarayonida bank rahbariyati hamda mas’ul xodimlari ishtirokida Qonun talablari ijrosi yuzasidan atroflicha muhokama o‘tkazildi.
Tadbir davomida bank tizimida qonun talablariga to‘liq rioya etilishini ta’minlash, aholiga sifatli va zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish, moliyaviy xizmatlarda ochiqlik hamda shaffoflikni yanada oshirish, shuningdek, amaliyotda uchrayotgan muammolar yuzasidan fikr va takliflar almashildi.
Qonun ustuvorligini ta’minlash, moliyaviy xizmatlarda ochiqlik hamda shaffoflikni kuchaytirish, shuningdek, aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash deputatlik nazoratining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Slide 1 of 6