Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan deputat so‘rovi yuboriladi
янв.21
Qonuniylikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ko‘tarilgan muammo amaliy hamkorlik asosida bartaraf etildi
янв.21
YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Sessiyaga kiritiladigan masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda.
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylarda elektr ta’minoti muammolari o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish masalalari o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti sifatini oshirish yo‘lida amaliy o‘rganish
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarovaga biriktirilgan tashkilot 6-Xo‘japorso saylov okrugida joylashgan Margʻilon shahar Mudofaa ishlari bo‘limida “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi 12.12.2002-yildagi 436-II-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi, shuningdek, mudofaa ishlari bo‘limida mazkur qonun talablarini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bo‘lim boshlig‘i X.Djurayev hamrohligida tahlil qilindi.

Jarayonda harbiy hisobni yuritish, chaqiruv yoshidagi fuqarolar bilan ishlash, harbiy xizmatga tayyorgarlikni tashkil etish hamda qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan mas’ul xodimlarning axborotlari tinglandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan deputatlik nazorati davom ettirilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi tomonidan saylov okruglarida qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish, davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda fuqarolarning manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘rganishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4