Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati N.Soatov, Oqoltin tumani Kengashi deputati N.Turdiyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari U.Kenjayev va D.Shakarboyevlar tomonidan Sirdaryo viloyati Kengashining tegishli qarori ijrosi yuzasidan tuman markazini obodonlashtirish hamda infratuzilmasini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqib o'rganildi.

O'rganish jarayonida qurilish ishlari belgilangan muddatda yakunlanmayotgani, ishlar topshirilish muddatidan kechikayotgani qayd etildi. Mas'ullar bilan o'tkazilgan muhokamada qurilish ishlarini jadallashtirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda obyektni qisqa muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Jarayon yuzasidan deputatlik nazorati davom ettiriladi.

Slide 1 of 4