Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi L.Behbudova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Murodov hamkorligida “Oxshix” mahallasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining bajarilish holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida mahallada amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining qurilish va ishga tushirish jarayonlari, belgilangan muddatlarga rioya etilishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishi hamda aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar tahlil qilindi.
🔹Shuningdek, mas’ullar tomonidan loyihalarning amalga oshirilishida uchrayotgan muammo va kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar rahbarlariga aniq vazifa va tavsiyalar berildi.
🔹Ta’kidlanganidek, investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi mahallada yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, aholi bandligini oshirish hamda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladi.
🔹Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi tomonidan investitsiya dasturlari ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.