Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Sport infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan deputat so‘rovi yuboriladi
янв.21
Qonuniylikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ko‘tarilgan muammo amaliy hamkorlik asosida bartaraf etildi
янв.21
YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Sessiyaga kiritiladigan masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda.
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylarda elektr ta’minoti muammolari o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish masalalari o‘rganildi
Doimiy komissiya yig‘ilishida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilind

Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Ahmedovaning 2026 yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar hamda xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyati yuzasidan hisoboti eshitildi.

👥 Hisobotda oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

📋 Shuningdek, yig‘ilishda “Ayollar daftari”ning 7-bosqichiga 5727 nafar xotin-qizni kiritish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Ro‘yxatga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash choralarini belgilash hamda manzilli ishlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.

Slide 1 of 3