Jondor tumanida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim tadbir tashkil etildi. Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 2-Aleli saylov okrugidan saylangan deputat Z.Shomurodova hamda tuman hokimligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi, Axborot-resurs markazi tashabbusi bilan Jondor farzandi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir G‘ulom Shomurodning “Buyuklar qadri” nomli kitobining taqdimoti o‘tkazildi.
✔️Tadbirda deputatlar, ziyolilar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Kitob taqdimoti davomida muallifning ijodiy faoliyati, asarda ilgari surilgan g‘oyalar va uning tarbiyaviy ahamiyati haqida atroflicha fikr almashildi.
✔️Uchrashuv davomida Vatanga muhabbat, ajdodlar merosini asrab-avaylash, ular qoldirgan boy ma’naviy merosni kelgusi avlodga yetkazish masalalari muhokama qilindi. Ayniqsa, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular ongida milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan ekani alohida ta’kidlandi.
✔️So‘zga chiqqanlar “Buyuklar qadri” kitobi nafaqat tarixiy xotirani tiklash, balki inson qalbida yurtga sadoqat, o‘tmishga ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladilar.
✔️Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar jamiyatda milliy o‘zlikni anglash va yoshlarni barkamol avlod etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.