Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan deputat so‘rovi yuboriladi
янв.21
Qonuniylikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ko‘tarilgan muammo amaliy hamkorlik asosida bartaraf etildi
янв.21
YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Sessiyaga kiritiladigan masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda.
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylarda elektr ta’minoti muammolari o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish masalalari o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti sifatini oshirish yo‘lida amaliy o‘rganish
UZUN TUMANI KENGASHI: HAFTALIK DAYJEST (24-28-MART)

UZUN TUMANI KENGASHI: HAFTALIK DAYJEST (24-28-MART)

🔄Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari va kotibiyat xodimlari tomonidan yakunlanayotgan haftada amalga oshirilgan eng muhim ishlar sarhisobi bilan tanishing:

🔘 QONUN USTUVORLIGI — ISLOHOTLAR SAMARADORLIGINING GAROVIDIR

Prezidentimizning PQ-383-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Uzun tumanidagi 11-sonli bog‘chada keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi hozirda tubdan rekonstruksiya qilinib, bolajonlar uchun zamonaviy sharoitlar yaratilmoqda.

 (https://t.me/c/1987820936/6220)

🔘MAHALLA VA DEPUTAT: DOIMIY MULOQOT

14-Chaqar saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Raxmonov tomonidan hududdagi mahalla raisining ish samaradorligi o‘rganildi. Asosiy e’tibor aholi murojaatlari bilan ishlash tizimining sifati va fuqarolar muammolarini hal etishdagi mas’uliyatga qaratildi. (https://t.me/c/1987820936/6221)

🔘 JAMOATCHILIK FIKRI — BUDJET TAQSIMOTIDA ASOS

Uzun tumani mahalliy budjet mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida yo‘naltirish holati tahlil qilindi. "Tashabbusli budjet" loyihalarini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan to‘siqlar va muammolar deputat nazorati ostida o‘rganilib, ularni bartaraf etish choralari belgilandi. (https://t.me/c/1987820936/6224)

🔘 MUROJAAT VA IJRO: QARASHIQ MAHALLASI

Kengash kotibiyati mudiri O‘.Rajabov “Qarashiq” mahallasi aholisi bilan uchrashdi. Fuqarolarning ko‘cha nomlarini qaytadan ko‘rib chiqish va tartibga solish bo‘yicha yo‘llagan murojaati joyida o‘rganildi va tegishli takliflar shakllantirildi. (https://t.me/c/1987820936/6287)

                                                             

🔘ICHKI YO‘LLAR HOLATI DEPUTAT NAZORATIDA (https://t.me/c/1987820936/6267)

                                                                                                                  

🔘Manfaatlar toʻqnashuvi nima va u nega muhim? (https://t.me/c/1987820936/6239)                                                               

🔘Navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi. (https://t.me/c/1987820936/6278)

 (https://t.me/c/1987820936/6244)

Bizning maqsad — aholi farovonligi va har bir muammoga tezkor, adolatli yechim topishdir!

🔵Telegram 📱Facebook 📱Instagram (https://www.instagram.com/p/DWbHQiRDCFO/?igsh=NmxkcGZzcjBhcDZ4)