Жаңалықлар

Кеңеслер

Ду
Се
Чо
Па
Жу
Ша
Як
18 май 2026

🔰Muammolar joyida o‘rganilmoqda.

img🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Sh.Murodova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14 yanvardagi KQ-35-V-son qaroriga muvofiq “Madaniyat” MFYda fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi. 🎯 Maqsad: Hududlarni har tomonlama rivojlantirish va aholi murojaatlarini bevosita joyida hal etish. Ochiq ruhda o‘tgan muloqotda fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni qonuniy hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilab olindi.
14 май 2026

🔰#Deputatlik so‘rovi.

img🔸 Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati M.Adilova tomonidan, “A.Navoiy” MFY, “Rayhonli” ko‘chasi, 17-uy oldidan o‘tgan ichimlik suv tarmog‘idagi nosozligini taʼmirlash uchun yo‘lning asfalt qoplamasi buzilib taʼmirlangan. Ammo, ushbu asfalt qoplamasini qayta tiklash ishlari sifatsiz bajarilib ushbu ko‘chadan harakatlanayotgan avtotransport vositalari va piyodalar uchun noqulaylik bo‘layotgani yuzasidan. 🔸 “Jizzax suv taʼminoti” AJ Jizzax shahar filiali rahbariga deputatlik so‘rovi yuborilib, mazkur muammoni bartaraf etilishi bo‘yicha deputat tomonidan nazoratga olingan edi. 🔸 Natijada, ushbu asfalt qoplamasini qayta tiklash ishlari bo‘yicha masʼul bo‘lgan idora tomonidan choralar ko‘rilib yuqoridagi muammo ijobiy hal etildi.

🔰Fuqarolar murojaati – doimiy eʼtiborda.

img📍 Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari aholi muammolarini joyida o‘rganish va ularga amaliy ko‘mak berishda davom etmoqda. 🏢 Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati G.Anorboyeva hamda Kengashning “Qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiya raisi V.Toshpo‘latovlar “Qaliya” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lishdi.

🔰Ajrim yoqasida turgan oila yarashtirildi.

img🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Sh.Murodova boshchiligida mahallalarda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan navbatdagi tadbir o‘tkazildi. “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘inining "mahalla yettiligi", jamoatchilik guruhi aʼzolari hamda faollar ishtirokida hududda istiqomat qiluvchi, ajrim yoqasiga kelib qolgan oila bilan manzilli suhbat tashkil etildi. Tezkor va samimiy tushuntirish ishlari natijasida oiladagi kelishmovchiliklarga barham berilib, er-xotin o‘zaro yarashtirildi.