Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputatlari “Mehnat” mahallasida aholi murojaatlarini joyiga chiqib o‘rgandilar
Aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarning dardu tashvishlariga bevosita joyida yechim topish maqsadida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputatlari hamda “Mehnat” MFY “mahalla yettiligi” vakillari birgalikda hudud fuqarolaridan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan manzilga chiqib, mavjud holatni atroflicha o‘rgandilar.