35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

🔰Nazorat-tahlil tadbiri.

📌Xalq deputatlari shahar Kengashining "Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash va huquqiy masalalar bo‘yicha" doimiy komissiya raisi A.Ro‘ziyev boshchiligida, shahar Kengashi deputatlari, kotibiyat mas‘ullari va soha ekspertlari ishtirokida tashkil etildi. Unda asosiy e‘tibor jinoyatchilik bo‘yicha “qizil” toifaga kirgan “Madaniyat” MFYdagi holatga qaratildi.

🔍Tadbirda quyidagi choralar ko‘rildi:

▫️Mahalladagi jinoyatlarning sabablari tahlil qilindi.

▫️Huquqbuzarliklar profilaktikasi va xavfsizlikni kuchaytirish choralari belgilandi.

▫️Davlat organlarida ochiqlik va korrupsiyaga qarshi kurash samaradorligi baholandi.

🔸Yakunda “Madaniyat” mahallasini “qizil” toifadan chiqarish yuzasidan mas‘ullarga aniq vazifalar yuklatildi va masalalarga doir takliflar Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga taqdim etiladi.

Slide 1 of 4