35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Yoshlar bilan sayyor qabul va ochiq muloqot o‘tkazildi

 Andijon shahrida yoshlarning murojaatlarini o‘rganish, ularning bandligini ta’minlash hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Respublika ishchi guruhi ishtirokida sayyor qabul va ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon shahar hokimi E.Karimov hamda Respublika ishchi guruhi vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar atroflicha o‘rganildi. Bildirilgan murojaatlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechimlar muhokama qilindi.

Har bir murojaat bo‘yicha aniq vazifalar belgilanib, mas’ullarga ularni belgilangan muddatlarda hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Mazkur muloqot yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan amaliy ishlarning davomidir.

Slide 1 of 4