Yig‘ilishda deputatlik faoliyatining samaradorligini oshirish hamda Kengash faoliyatiga oid bir qator muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, deputatlik faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan deputatlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish va ularning faolligini oshirish chora-tadbirlari, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar, shuningdek, deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tasdiqlangan reja-grafik asosida o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, ularning ijrosini ta'minlash bo‘yicha mas'ullarga aniq vazifalar belgilandi.