35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

📌 Iqtisodiyot va moliya bo‘limida qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi I.Qalandarov tomonidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limida amaldagi qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

📋 O‘rganish davomida budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish, moliyaviy intizomni ta’minlash, qonunchilik talablariga rioya etilishi hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1