Жаңалықлар

“Halol hudud” — ochiqlik va shaffoflik sari muhim qadam

#kunlik_ish_reja
#kotibiyat_mudiri

“Halol hudud” — ochiqlik va shaffoflik sari muhim qadam

📍Kattaqo‘rg‘on tumani Balandchordara mahallasida joylashgan “Istiqlol” bazmgohida “Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy ekotizimini kuchaytirish” loyihasi doirasida “Halol hudud” o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

🦅Mazkur seminar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorligida tashkil etildi.

🦅Tadbir davomida korrupsiyaning oldini olish, davlat tashkilotlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish hamda jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

🦅Shuningdek, ishtirokchilarga komplayens nazorat tizimi, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish va davlat xizmatida mas’uliyatni yanada oshirish yuzasidan atroflicha tushunchalar berildi.

🦅Ta’kidlanganidek, “Halol hudud” o‘quv seminarlari davlat idoralarida halollik muhitini qaror toptirish, sog‘lom ish tizimini shakllantirish hamda jamoatchilik ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram | YouTube

Slide 1 of 6