Жаңалықлар

🔰Deputat va “Madad” NNT hamkorligi.

📌Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Xosilmurodov hamda shahar “Madad” NNT HMB bosh mutaxassisi O.G‘ulomovlar hamkorligida “Shodlik” MFYda istiqomat qiluvchi aholi va MFY “yettiligi” aʼzolari bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔸Muloqot davomida mahallada yechimini kutayotgan masalalar atroflicha tahlil qilinib, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglandi. Shuningdek, uchrashuvda ishtirok etgan aholi vakillarining qonunchilikka oid turli savollariga “Madad” NNT HMB mutaxassisi tomonidan batafsil huquqiy tushuntirishlar va bepul maslahatlar berildi.

🔸Jarayon davomida aniqlangan barcha tizimli muammolar va fuqarolarning shaxsiy murojaatlari xalq vakili tomonidan "deputat yon daftari"ga alohida qayd etib borildi. Aholi murojaatlarini qisqa muddatlarda va sifatli hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi hamda ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 5