Жаңалықлар

📌 Hududlarda o‘rganishlar davom etmoqda: “Hamid Olimjon” MFYdagi ishlar ko‘zdan kechirildi
📌 Hududlarda o‘rganishlar davom etmoqda: “Hamid Olimjon” MFYdagi ishlar ko‘zdan kechirildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov, Yoshlar maslahat guruhi a’zosi O.Nosirov hamda Xalq demokratik partiyasi tuman kengashi raisi Z.Norova hamkorligida “Hamid Olimjon” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lishdi.
O‘rganish davomida ishchi guruh tomonidan mahalla raisi va hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Uchrashuvda mahallabay ishlash tizimi samaradorligini yanada oshirish va aniqlangan masalalarni tezkor hal etish yuzasidan o‘zaro fikr almashilib, galdagi vazifalar belgilab olindi.

#kotibiyat #mudirining #ish #rejasi
#Partiya_bilan #hakorlik
#Yoshlar #maslahat #guruhi #a'zosi

KENGASH_FAOLIYATI
Slide 1 of 1