Жаңалықлар

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashining navbatdagi doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

#doimiy_komissiya

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashining navbatdagi doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

☯️Yig‘ilishda Kattaqo‘rg‘on tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari yuzasidan 2026-yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha dastlabki manzilli dasturni tasdiqlash to‘g‘risidagi hisobot taqdim etildi.

☯️Shuningdek, hududdagi ichki yo‘llar holatini yaxshilash, ta’mirlash ishlarini tizimli tashkil etish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

☯️Yig‘ilish yakunida tegishli qarorlar qabul qilindi hamda mas’ullarga aniq topshiriqlar belgilab berildi.

🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram