🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati V.Isakov hamda masʼul tashkilot xodimlari ishtirokida shahardagi jamoat transporti tizimi joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.
🔸Mazkur ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori ijrosini ta‘minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar qat‘iy nazoratga olindi.
📌O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e‘tibor qaratildi:
▫️Avtobuslarning qatnov intervallari va harakat jadvallariga rioya etilishi.
▫️Jamoat transporti vositalarining texnik va sanitariya holati.
▫️Elektron to‘lov tizimlarining uzluksiz ishlashi.
▫️Shahar bekatlarining bugungi kungi holati.
🔸O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yana-da oshirish yuzasidan mas‘ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi