Жаңалықлар

Yo'llarni ta'mirlash ishlari o'rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich tomonidan o‘zi saylangan“Naymanko‘l” OFY
1-Nayman saylov okrugi hududidan o‘tuvchi 95V091 avtomobil yo‘lida paydo bo‘lgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar nazorat qilindi.

📍 O‘rganish davomida yo‘l qoplamasining holati, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish sifati hamda bajarilayotgan ishlarning belgilangan talablarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.

🔍 Shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, transport qatnovi uchun qulay sharoit yaratish hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3