Жаңалықлар

#deputatlik_faoliyati

🚰 Nurafshonda aholining suv ta’minoti masalalari o‘rganildi.

Aholi xonadonlarini uzluksiz issiq va sovuq suv bilan ta’minlash sifatini yaxshilash maqsadida navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi. O‘rganishda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboyev hamda shahar Kengashi deputati A.Tursunbayev va O‘zbekiston Ekologik partiyasi Nurafshon shahar partiya tashkiloti raisi E.Ernazarov ishtirok etishdi.

O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:
🔹Ko‘p qavatli #uylarda_suv bosimining me’yorida ekanligi;
🔹Issiq va sovuq suv tizimidagi nosozliklar va ularni bartaraf etish holati;
🔹Suv ta’minoti korxonalari tomonidan aholi murojaatlariga munosabat bildirish darajasi.

Deputatlar bevosita aholi xonadonlarida bo‘lib, mavjud muammolarni tingladilar. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga qat’iy topshiriqlar berildi.

📌Mas'ul: Kotibiyati mudiri, bosh mutaxaslar va deputatlar.

Slide 1 of 3