Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Deputatlar mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi

Deputatlar mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi

➡️​Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Z.Jabborova, tuman Kengashi doimiy komissiyasi raisi F.Sidikov hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi G.Rajabova Toyloq tumanidagi "Yangihayot" mahallasida bo‘lishdi.

➡️​Deputatlar va mutaxassislar tuman hokimining birinchi o‘rinbosari A.Sharipovning hisoboti yuzasidan mazkur mahallada olib borilayotgan ishlar, xususan, hokim yordamchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

👍 Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy masalalarni hal etish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar hamda kelgusidagi rejalarga alohida e’tibor qaratildi. Deputatlar tomonidan hudud ravnaqi yo‘lida hokim yordamchisi faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4