🔸Xalq deputatlari shahar Kengashining "Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi aʼzosi N.Xosilmurodov tomonidan navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
🔸O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi talablariga rioya etilishi, shahar Kengashi tomonidan qabul qilingan tegishli qarorlarning hayotga tatbiq etilish holati atroflicha ko‘rib chiqildi. Jarayon maxsus ishlab chiqilgan savolnoma asosida, bevosita masʼullar ishtirokida tashkil etildi.
🔸Xususan, Jizzax shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari J.Tojiboyev hamda shahar hokimligining Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi bosh mutaxassisi O.Normurodovlar bilan birgalikda byudjet parametrlarining bajarilishi, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan mablag‘larning yo‘naltirilishi tahlil qilindi.